23:03 / 26.01.2017
6 920

Aston Martin Vanquish S superkarining tomini olib tashladi

Aston Martin Vanquish S superkarining tomini olib tashladi

Aston Martin 603 ot kuchiga ega Vanquish S superkarining modifikasiyalangan modelini namoyish qildi. Vanquish S o‘tgan yilning oxirida Los-Anjeles avtoko‘rgazmasida namoyish qilingan edi. Yangi avtomobil an’anaviy Volante pristavkasi va yig‘iluvchi tomga ega bo‘lgan, deb yozmoqda Kun.uz sayti.

Kabriolet superkarga kupega o‘rnatilgan motor joylangan. Bu 6 litr hajmli, 12 silindrga ega dvigatel bo‘lib, sakkiz bosqichli avtomatik uzatmalar qutisi vositasida ishlaydi. Volante pristavkasining dinamik xususiyatlari hozircha oshkor qilinmagan, biroq, Vanquish S kupesi 3,5 soniyada «yuz»ga chiqa oladi. Uning eng yuqori tezligi soatiga 323 kmni tashkil etadi.

«S» namunasi, odatdagi Aston Martin Vanquish modelidan 576 ot kuchidan 603 ot kuchigacha kuchaytirilgan dvigatel, qayta sozlangan podveska, ko‘ndalag barqarorlik stabilizatori, yangi aerodinamik to‘siq, kuzovning ajoyib tuslari bilan farqlanadi.



arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Aston Martin Vanquish S superkarining tomini olib tashladi