23:38 / 15.01.2017
7 485

Noyob Mercedes motorining ta’mirdan chiqarilishi yangi Porsche’dan qimmatga baholandi

Noyob Mercedes motorining ta’mirdan chiqarilishi yangi Porsche’dan qimmatga baholandi

AQShda noyob «o‘qlangan» Mercedes-Benz R63 AMG miniv’nining buzilgan dvigatelini 57515 dollarga ta’mirdan chiqarishni taklif qilishdi. Bu yangi sportkar Porsche 718 Cayman’dan 3615 dollarga qimmatdir, deb yozadi "Daryo".

Minivenning egasi uni Mercedes-Benz dilerlarining biridan xarid qilgan. Bu paytda avtomobil odometri 94 ming milni ko‘rsatgan va bu 151278 kilometrga tengdir.

Yana 12 ming mil (19312 kilometr) yurgandan so‘ng avtomobilning dvigateli buzilib qoldi. Mercedes-Benz’ning eng yaqinda joylashgan servis markazi motorni ta’mirdan chiqarishni 57515 dollarga baholadi.

Ta’mir uchun hisob taqdim etilgan mashina egasi uni mustaqil ta’mirdan chiqarishga qaror qildi.

Mercedes-Benz R63 AMG 2006 yilda taqdim etilgan. Model 510 ot kuchiga ega 6,2 litr hajmli motor bilan jihozlangan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » Noyob Mercedes motorining ta’mirdan chiqarilishi yangi Porsche’dan qimmatga baholandi