20:52 / 10.01.2017
9 232

7 yil ichida elektromobil batareyalari narxi 80 foizga pasaydi

7 yil ichida elektromobil batareyalari narxi 80 foizga pasaydi

2010 yildan 2016 yilgacha bozordagi narx tendensiyasini tahlil qilgan McKinsey kompaniyasi o‘tgan davr mobaynida akkumulyatorlar bahosi 80 foizga tushganini ma’lum qildi.

Hozir akkumulyator narxi uning kVt•soatiga bog‘liq. McKinsey konsalting kompaniyasining ekspertlari elektromobildagi batareyaning bir kVt•soati narxi 230 dollarga to‘g‘ri kelayotganiga urg‘u berdi. Bunga asoslanib, oddiy avtomobil va elektromobil bahosi orasidagi farq taxminan 14 ming dollarga tenglashganini hisoblash mumkin. Elektromobillarning o‘rtacha batareya sig‘imi 60 kVt•soatga teng.

Hozir, asosan, litiy-ionli batareyalar ishlab chiqarilmoqda. Soha ekspertlari kelasi o‘n yillikda kompaniyalar litiy-oltingugurtli akkumulyator ishlab chiqarishga o‘tishini bashorat qilyapti. Natijada batareyalarning sig‘imi ortadi, elektromobillarning bahosi pastlaydi, deb yozadi Carzone sayti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Avto » 7 yil ichida elektromobil batareyalari narxi 80 foizga pasaydi