Kia kompaniyasi o‘zining yangi modelining ikkinchi tizerini chop etdi. U Detroytdagi motorshouda 8 yanvar kuni taqdim etiladi. Ishlab chiqaruvchining so‘zlariga ko‘ra, bu eng jo‘shqin avtomobil bo‘ladi.
YouTube’da joylashtirilgan videorolikda mashina 5,1 soniya ichida soatiga yuz kilometr tezlikka etishini ko‘rish mumkin. Kia avtomobillari ichida hozirga qadar 424-kuchli besh litrli V8 motorga ega bo‘lgan Quoris sedani eng tezkor edi – mashina 5,7 soniya ichida soatiga yuz kilometr tezlikni qayd etgan.
Yangi Kia orqa uzatmali, tomining yo‘nalishi qiyali avtomobil bo‘lishi kutilmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangilik Hyundai kompaniyasining Genesis modelida ishlatiluvchi shassida yaratiladi. Motorlar liniyasiga 320-kuchli “to‘rtlik” va 200-lik dizel, shuningdek olti va sakkiz silindrli qurilmalar kirishi mumkin.
Dekabr boshida paydo bo‘lgan birinchi tizerda yangilik soatiga 244 kilometr tezlikka etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi