Shu kunlarda Toshkentdagi «O‘zEkspomarkaz» Milliy ko‘rgazma kompaniyasi hududida an’anaviy Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperasiya birjasi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur tadbirda “O‘zavtosanoat” AK tarkibidagi «Samarqand avtomobil zavodi» MChJ ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 31 oktyabriga qadar davom etadigan mazkur tadbirda yuk avtomobillari, avtobuslar va maxsus transport vositalarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Samarqand avtomobil zavodi 6 turdagi mahsulotlarini tashrif buyuruvchilarga namoyish etmoqda.
Past polli LE60 shahar avtobusi, ISUZU NKR shassisi bazasidagi tez yordam avtomobili, NKR toifasidagi kam yuk ko‘taruvchi avtofurgon hamda maxsus transport vositalaridan NQR o‘t o‘chirish avtomobili va siqilgan tabiiy gaz (metan)da ishlovchi dvigatel bilan jihozlangan NPR 82L chiqindi tashuvchi avtomobili shular jumlasidandir.
Bundan tashqari Samarqand avtomobil zavodi mahsulotlari ekspozisiyasidan yangi SAZ HD 50 avtobusi ham o‘rin olgan bo‘lib, 44 nafar yo‘lovchini o‘ziga sig‘dira oladigan ushbu transport vositasida yo‘lovchilar uchun 29 ta o‘rindiq mavjud. Yangi avtobus 150 ot kuchi quvvatiga teng Evro-4 xalqaro ekologik talablariga javob beruvchi, dizel yoqilg‘ili ISUZU dvigateli bilan jihozlangan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi