Andijon viloyati Sud departamenti boshlang‘ich bahosi 615 mln so‘mdan ortiq bo‘lgan Lamborghini Gallardo sportkarini kimoshdi savdosiga qo‘ydi, deyiladi "Kun" nashrida.
Sud qarorlarini ijro etish departamenti saytiga qo‘yilgan ma’lumotlarga ko‘ra, ochiq kimoshdi savdosi shu yil 22 sentyabrda bo‘lib o‘tishi belgilangan. 2004 yilda ishlab chiqarilgan mashina yaxshi holatda ekani ta’kidlangan.
Shu bilan birga, savdoga qo‘yilgan avtomobillarning kelib chiqishi xususida batafsil ma’lumot keltirilmagan.
Lamborghini Gallardo – 2003-2013 yillarda ishlab chiqarilgan sportkar bo‘lib, Lamborghini kompaniyasi ishlab chiqqan modellar orasida eng keng tarqalgani hisoblanadi. 11 yil mobaynida mashinadan 14 mingdan ortiq nusxa ishlab chiqilgan. Uning eng arzon to‘plami 160 ming dollarga baholangan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Zelenskiy: Rossiya Ukrainaning issiqlik energetikasini deyarli to‘liq yakson qildi